Evro-2000 qahramoni Trezegening Yevropa chempionatlari tarixidagi ramziy terma jamoasi

31 may 2016, 00:30
Fransiya terma jamoasining 2000 yildagi Yevropa chempionatida g'olib bo'lishiga asosiy sababchi bo'lgan sobiq hujumchi David Trezege o'zining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.


Evro-2000 final o'yinida Italiya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan "oltin gol" muallifiga aylangan David Trezege Yevropa chempionatlari tarixidagi o'zining eng kuchli deb bilgan futbolchilarning tashkil topgan ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Darvozabon: Janluiji Buffon (Italiya)

Himoyachilar: Lilian Tyuram (Fransiya), Loran Blan (Fransiya), Karles Puyol (Ispaniya), Paolo Maldini (Italiya)

Yarim himoyachilar: Mishel Platini (Fransiya), Pavel Nedved (Chexiya), Zinedin Zidan (Fransiya)

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Teri Anri (Fransiya)


O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com