Trezege Messining PSJdan ketishi haqida: "Fransiya xech qachon istedodlarni qadrlamagan"

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2023, 08:13
Sobiq futbolchi David Trezege Messini tanqid qilganliklari uchun fransiyaliklardan norozi.

"Fransiya xech qachon shaxslarni tushunmagan. Istedodlarni qadrlamagan. Ular endi-endi Messi qolmaganidan norozi bo'la boshlashmoqda. U bizni barcha jabhada: futbol, imidj, nufuz borasida boshqa darajaga olib chiqmoqda. 

Tanqidlar qattiq bo'ldi, ayniqsa mening TVda ishlaydigan hamkasblarim tomonidan. Ular nafaqat Messini, balki butun Fransiya futbol olamini tanqid qilishdi. Ular orasida do'stim Terri Anri ham bor, shuningdek TVdagi muhim shahslar, Lizarazyu, Dyugarrilarni ham ko'rsh mumkin", - dedi Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN