"Everton" yozgi transfer oynasida Allanni sotishi mumkin

Alisher
5 apr 2022, 18:24
"Everton" yarim himoyachi Allanni yozgi transfer oynasida sotishi mumkin.

Jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa tarkibini tubdan o'zgartirmoqchi va shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggida yakunlanadigan 31 yoshli braziliyalikni sotish imkoniyatiini ko'rib chiqmoqda.

Lempard shuningdek "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan Donni van de Bekni xarid qilishga qiziqmoqda.

Allan 2021/22 yilgi mavsum "Everton" tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun