Eshli Yang: "Men turgan nuqtadan qaralganda, penalti yo'q edi"

11 mar 2019, 01:51
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang APL 30-turida "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Natijadan ko'nglimiz to'lmadi, chunki bizda etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Boshqa kuni biz tanaffusga qadar 2-3 ta gol urgan bo'lardik. Ammo, top-klublarga qarshi siz jazolanasiz. 

Penalti bormidi? Men joylashgan nuqtadan qaralganda penaltti yo'q edi", – deya e'lon qildi Yang.

Bahsning 68-daqiqasida Fred Aleksandr Lyakazettni turtib yuborganlikda ayblab hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Peanltini Obameyang bexato amalga oshirgan holda, hisobni "Arsenal" uchun ishonchli ko'rinishga keltirdi.

APL. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" o'yinida Sulsher o'zining dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC