"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi. Odiljon Hamrobekov – "Bunyodkor" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
20 dek 2024, 12:26
O'zbekiston milliy terma jamoasining tajribali yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov "Bunyodkor"ning yangi a'zosiga aylandi.

So'nggi mavsumlarni yuqori darajada o'tkazayotgan futbolchi 2025 yil Superligada "qaldirg'ochlar" libosida maydonga chiqadi.

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Superligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 2017 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 61 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta to'p kiritgan.

Avvalroq "Eshitdik-da!" rukni ostida tajribali xavbekning yangi klubi haqida xabar e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати