

Bir necha kun avval "Navbahor"ni ikki yosh futbolchilar – Ozodbek O'ktamov va Shodiyor Shodiboev tark etgani haqida xabarlar chiqqandi.
Championat.asia nashrining ma'lumotlariga ko'ra bu ikki futbolchining keyingi klubi katta ehtimol bilan Bekobodning "Metallurg" klubi bo'ladi.
Ma'lumot uchun. 17 yoshli Ozodbek O'ktamov "Navbahor" asosiy jamoasida faqat Kubok o'yinida 1 marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va asosan zaxira o'rindig'ida o'tirdi. 18 yoshli Shodiyor Shodiboev esa namanganliklar asosiy tarkibida 9 ta o'yinda harakatlandi va 1 ta gol urdi.



