Eshitdik-da! Kanchelskis "Navbahor" bilan shartnomani bekor qildi va FIFAga murojaat qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
8 okt 2020, 13:39
Rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis "Navbahor" bilan shartnomani bekor qildi.

Eshitishimizga qaraganda klub shartnoma bandlarini bir necha bor buzgani bois, Andrey Kanchelskis "Navbahor" bilan kelishuvni bekor qildi. Rossiyalik murabbiy endi FIFAga murojaat qilmoqchi.

Ma'lumot uchun, Kanchelskisning sobiq yordamchisi Aleksey Belenkov ham xuddi shunday vaziyatda FIFAga murojaat qilgan va FIFA "Navbahor"ga 520 ming AQSH dollari miqdorida jarima qo'llagan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia