Ertaga MYU safida turkiyalik futbolchi debyut qiladi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024, 12:24
Altay Bayindir "Nyuport"ga qarshi bahsda "Manchester Yunayted" safida debyut o'yinini o'tkazadi.

Buni mankunianlar ustozi Erik ten Xag ma'lum qildi.

"U darvozamizni qo'riqlaydi. Altay o'z imkoniyatini kutyapti, unda tajriba bor. U Turkiyada katta bosim ostida yirik klub sharafini himoya qilgan. Bayindir bosimni qanday engishni yaxshi biladi, unga ishonamiz.

Sabrsizlik bilan uning yakshanbadagi o'yinini kutamiz. Altayning vaqti keldi" - dedi ten Xag.

Bayindir 2023 yilning 1 sentyabrida "Fenerbaxche"dan MYUga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail