Eronning O'zbekistonga qarshi o'yinga taklif qilingan futbolchilari ma'lum

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2015, 13:29
Eron terma jamoasiga taklif etilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum qilindi.

Eron milliy terma jamoasining rasmiy sayti ma'lum qilishicha, Toshkentdagi o'yinga terma jamoaga jalb etilganlarning 7 nafari kela olmaydi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Eron terma jamoasining ikki nafar a'zosi - Ashkan Dejaga hamda Alirizo Jahonbaxsh jarohatlangan. Qosim Hadadifarda kuchli charchoq alomatlari borligi tufayli jamoa shifokorlari uni ushbu o'yinda ishtirok etmasligi haqida qaror qabul qilishgan. Karim Ansorifard esa yaxshi sport formasida emas ekani sabab qilib ko'rsatilgan.

Ikki nafar futbolchi Mehrdod Puladi va Soruash Rafey esa harbiy xizmatga jalb etilgan.

Jamoaning yana bir a'zosi Jalol Husayniga esa soliqlarni o'z vaqtida to'lamagani bilan bog'liq muammolar sabab mamlakatdan chiqishga ruxsat berilmagan.

Quyida Eron terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik, hamda Turkmanistonga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz.

Muhammadrizo Akbri

“Saypa”

Vohid Amiri

“Naft” Tehron

Sardar Azmun

“Rubin” Qozon

Alirizo Biranvand

“Naft” Tehron

Hoshim Begzohid

“Istiqlol”

Umid Ibrohimiy

“Istiqlol”

Said Izatulahiy

“Atletiko Madrid”

Vurya Gafuriy

“Sepahon”

Rizo Guchanijod

“Al Vakra”

Qosim Hadadifar

“Zob Ahan”

Alirizo Hagigi

“FKPenafiel”

Ehson Hajsafiy

“Sepahon”

Husrav Haydariy

“Istiqlol”

Jalol Husayni

“Al Ahli”

Muhammad Husayni Xoni-Zodogon

“Malavan”

Susha Makani

“Persepolis”

Milod Muhammadi

“Rah Ahan”

Pejman Muntazari

“Um Salal”

Murtazo Puraliganji

“Tinajin Teda”

Ezzatulloh Purga

“Malavan”

Ramin Rizoin

“Rah Ahan”

Mehdi Sharifi

“Sepahon”

Masud Shojai

“Al Shahaniya”

Mehdi Taromi

“Persepolis”

Andranik Temuryan

“Traktorsozi”


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com