Erik ten Xag: "Menimcha, intervyudan keyin Ronalduning ketishi aniq bo'lib ulgurgandi"

Mirjalol Normatov
10 dek 2022, 20:28
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronalduning katta mashmashalarga sabab bo'lgan intervyusini muhokama qildi.

"Menimcha, intervyudan keyin uning ketishi aniq bo'lib ulgurgandi. Shundan keyin biz buni muhokama ham qilmadik. Barchasi ko'rinib turgandi. Ijrochi direktor Richard Arnold, sport direktori Jon Merto, men - hammamiz uni tushundik.

Intervyuni ko'rdim, biroq to'liq emas. Katta qismini ko'rdim. Buni ko'rishim kerak edi, bu faoliyatimning bir qismi. Bu intervyu chiqqan paytda UEFAda murabbiylar majlisida edim.

Ronalduning qolishini istagandim, o'sha kundan buyon uning bunday gaplarni aytganiga ishonmayapman. U ketishni istayotgani shundoq ko'rinib turgandi. Futbolchi klubda qolishni istamayaptimi, demak, ketishi kerak. Bu tabiiy holat. Bunday intervyularni klub shunchaki o'tkazib yubora olmaydi. Barcha narsa o'zgaradi. U ushbu qadamni tashlayotganida nimalar o'zgarishini yaxshi bilgan.

Ronaldu bunga qadar ketishni istayotganini menga aytmagandi. Mavsum davomida u bilan bu borada gaplashmadik", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News