Erik Dayer: "Ayaks – fantastik yosh jamoa"

"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Dayer YCHL yarim final uchrashuvidan oldin o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Ayaks – fantastik yosh jamoa. Ularni kuzatish qiziq bo'ladi. Ular jozibali futbol namoyish etishmoqda. Jamoada ko'plab yosh va yaxshi o'yinchilarni topish mumkin. 

Ularni yaxshi bilamiz, chunki jamoadagi ayrim bolalar (Eriksen, Sanches, Vertongen, Alderveyreld) "Ayaks"da o'ynashgan. Oldinda juda ham qiyin uchrashuv kutayotganligini tushunib turibmiz", - deya Dayerning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.


Manba: uefa.com