

Insayder Devid Ornshteynning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, klublar o'rtasida 117 million evrolik transfer bo'yicha kelishuvga erishib bo'lingan.
Manbaga ko'ra, ushbu summaning qariyb 108 million evrosi kafolatlangan qism sifatida to'lanadi. Qolgan 9 million evro esa UEFA Chempionlar ligasidagi natijalarga bog'liq bo'lgan bonuslar shaklida beriladi. OAV xabarlariga ko'ra, italiyalik futbolchining o'zi bilan ham shartnoma shartlari kelishib olingan.
Sandro Tonali 2023 yilning yozidan buyon "Nyukasl"da to'p surib kelayotgan edi. U Angliya Premer-ligasiga "Milan"dan ko'chib o'tgandi.



