"Enfild" Premer-liganing atmosferasi eng yuqori stadioni deb topildi

Administrator
22 mar 2024, 23:05
"SkyBet" tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada "qizillar"ning uy maydoni 27% ovoz oldi.

Ovoz berishda Premer-liga klublarining ashaddiy muxlislari ishtirok etishdi. Ikkinchi o'rinni "Nyukasl" va "Sent-Jeyms Park" egalladi – 16% ovoz. Kuchli uchlikni 10% ovoz bilan "Old Trafford" yakunlab berdi.

"Emireyts" va "Etixad" mos ravishda 5 va 6, "Tottenxem" stadioni 12 va "Stemford Brij" 16-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: SkyBet