"Real" 90 mln evrolik hujumchiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
2 apr 2026
"Real" Ugo Ekitikening "Enfild"dagi ajoyib debyut mavsumidan so'ng transfer maqsadlariga o'zgartirish kiritdi.

"TEAMtalk" ma'lumotlariga qaraganda, 23 yoshli fransiyalik hujumchi bosh skaut Xuni Kalafat reytingida keskin ko'tarildi.

Madriddan kelgan xabarlarga ko'ra, Ekitike jahon futbolidagi eng istiqbolli hujumchilardan biri hisoblanadi va uning profili klubning uzoq muddatli qarashlariga juda mos keladi.

Francuz hujumchisi bu mavsum 42 o'yinda qatnashib, 17 ta to'p kiritdi hamda 6 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali o'yinchini 90 mln evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk