Emeri: "Suares hozircha 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2019, 10:20
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa yarim himoyachisi Denis Suares "Bornmut"ga qarshi o'ynash imkoniyati haqida gapirib berdi.

"Juda talabchan murabbiyman, chunki futbolchilar bor kuchi bilan o'ynashini xohlayman. Suaresning formasi kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Uning darajasi jamoamizga ko'p narsa berishi mumkin. Denis hozircha 90 daqiqa o'ynay olmaydi, u ritmga tushib olishi kerak. U ertaga asosiy tarkibda bo'lishi yoki zaxirada qolishi mumkin.

Suares har kuni ishlayapti va o'sishga erishmoqda. Vaqt o'tishi bilan uning o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi va jamoadoshlarini yaxshiroq tushuna boshlaydi" - deydi Emeri.

25 yoshli Suares qishki transfer oynasida 2,5 mln. evro evaziga ijara asosida "Barselona"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com