Emeri muxlis tomonga suv idishni tepgani uchun jarima to'laydi
Aslanov Jasurbek
1 yanv 2019, 15:10
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Arsenal" ustozi Unai Emerining "Brayton"ga qarshi APLning 19-tur uchrashuvidagi harakati uchun murabbiyni jarimaga tortdi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis o'yin paytida "Brayton" muxlisi tomonga suv idishni tepdi. Emeri ushbu qilgan ishi uchun ishqibozdan tezda kechirim so'radi.