Ellardays: "Nyukasl"ga mayinlik bilan "yo'q" dedim"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 14:14
Murabbiy Sem Ellardays "Nyukasl"dan bo'lgan taklif haqida gapirdi.

"Mening nomzodim borasida to'xtalishganidan xursandman, ammo endi bu borada boshqa fikr yuritmang. Odamlar aytganichalik muzokaralarga kirishganim yo'q edi. Bu men uchun emas. Men ularga mayinlik bilan "yo'q" dedim.

Balki bu men uchun birinchi taklif bo'lganida men rozilik bergan bo'lardim. Takliflarni har doim qadrlab, yuqori o'ringa qo'yib kelganman. Ammo to'liq bir mavsum davomida ishlamagan murabbiydan nimani kutsa bo'ladi?", - dedi Ellardays.

Ellardaysning so'nggi ish joyi "Everton" bo'lgandi. U yerdan 2018 yilning mayida iste'foga chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal