Sem Ellardays bosh murabbiylikka tayinlanganidan bir oy o'tib, "Lids"ni tark etdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 iyun 2023, 18:22
"Lids" Sem Ellardays jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini e'lon qildi.

Kelishuv tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan buzildi. Yaqin haftalarda klub jamoaning yangi ustozi kim bo'lishini e'lon qiladi.

Mutaxassis may oyi boshida jamoaga kelgandi va APL doirasidagi 4 o'yinda ishladi. Mavsum yakunida "Lids" 19-o'rinni egalladi va Chempionshipga tushib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Telegraph