

Klub jamoa bosh murabbiyi Loran Blanni iste'foga chiqardi. Fransiyalik mutaxassis 2024 yilning 13 iyul sanasida jamoani qabul qilib olgan edi. "Al Ittihod" uning boshchiligida 46 ta uchrashuv o'tkazdi va 35 g'alaba, 5 durang, 6 mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Loran Blan bilan jamoa o'tgan mavsum mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.
"Al Ittihod" joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 4-turdan so'ng 9 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.



