Blan: "Og'ir vaziyatga qaramay, "Lion"da ekanligimdan xursandman"

Sherzod Nurmatov
11 okt 2022, 12:48
"Lion" yangi bosh murabbiyi Loran Blan o'zining tayinlanishi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Ha, haqiqatan ham vaziyat og'ir, lekin umuman olganda, mamnunman. Yanvar oyidagi transfer oynasigacha hali ancha bor, hozir bu haqda o'ylashning mavridi emas. Biz mavjud o'yinchilar bilan ishlaymiz, men ularni yaxshi ishlashga majbur qilishim kerak", – dedi Blan.

Eslatib o'tamiz, Loran Blan mavsumni yomon boshlagani uchun "Lion"dan haydalgan Peter Bosh o'rniga olib kelindi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe