Eldor Shomurodov Osiyo kubogini o'tkazib yuborishi mumkin

Оқил Абдубарноев
28 dek 2023, 20:03
O'zbekistonlik hujumchining qachon safga qaytishi ma'lum qilindi.

O'zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Kalyari" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov kelasi yilning boshida o'tkaziladigan Osiyo kubogini o'tkazib yuborishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, Klaudio Raneri klubning chempionat va kubok doirasida kamida 7 ta o'yinida Shomurodov xizmatidan foydalana olmaydi. O'zbekiston terma jamoasi sardori fevral oyida safga qaytishi mumkin.

Avvalroq forvardning operaciyasi muvaffaqiyatli o'tgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: cagliarinews24.com