YCHL va Yevropa ligasi o'rniga 80ta klub qatnashadigan yangi musobaqa yaratish taklifi bildirildi

Eldor Akmurzayev
6 may 2019, 22:47
"Napoli" klubi rahbari Aurelio De Laurentis UEFAning bo'lajak yig'ilishida yangi formatdagi musobaqaning formati borasida taklif bildirishini ma'lum qildi.

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalari eskirdi. Ularning o'rniga 80ta klubdan iborat yangi turnir tashkil etish kerak. 7tadan jamoa Italiya, Fransiya, Germaniya, Angliya va Ispaniyadan qatnashsa, 4tadan ishtirokchi Portugaliya, Gollandiya, Belgiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlardan tanlab olinadi. Ishtirokchilar to'rt guruhga 20tadan taqsimlanadi. Men bu musobaqani Yevropa Kubogi deb atardim. O'yinlar seshanbadan payshanbaga qadar davom etadi. Dam olish kunlari esa milliy chempionat o'yinlari o'tkaziladi, – deydi neapolliklar prezidenti.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS