YCHL. "Tottenxem" - "Borussiya D" 3:0

14 fev 2019, 02:55
"Tottenxem" va "Borussiya D" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mezbonlar ishonchli g'alabaga erishdi.

                         YANGILASH

Tottenxem Angliya – Borussiya D Germaniya 3:0
"Uembli"

Gollar: 1:0 – 47 Son Xyon Min, 2:0 – 83 Vertongen, 3:0 – 86 Lorente.
Tottenxem – Loris, Sanches, Foyt, Vertongen, Alderveyreld, Lukas Moura (Lorente, 84), Sissoko (Vanyama, 90), Uinks, Eriksen, Ore, Son Xyon Min (Lamela, 90).
Borussiya D – Byurki, Toprak, Diallo, Xakimi, Zagadu (Shmelcer, 77), Getce, Sancho (Gerreyru, 88), Daud, Vitcel, Pulishich (Bruun Larsen, 88), Dileyni.
Ogohlantirishlar: Ore (12), Dileyni (53).

"Tottenxem" – "Borussiya D" 3:0 >>> Gollarni ko'rish

Bundesliga va YCHLning farqi

86. Ikki daqiqa oldin zaxiradan maydonga tushgan Lorente o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi - 3:0. Eriksen unga burchakdan to'pni etkazib berdi.

84. O'zgarish. Moura o'rniga Lorente maydonga tushirildi.

83. GOL! 2:0. Vertongen Serj Orening uzatmasidan unumli foydalandi.

77. O'zgarish. Zagadu o'rniga Shmelcer maydonga tushdi.

"Sonni"
"Dortmund"ga qarshi so'nggi 4 uchrashuvida: 4 ta gol (umumiy 11 o'yinda 9 ta gol).
"Tottenxem" safidagi oxirgi 4 uchrashuvda: 4 ta gol. Sonni "yaxshi bola".

Son Xyon Min "Borussiya D"ga gol urishni yaxshi ko'radi.

47. Ikkinchi bo'limning boshida Son Xyon Min shedevr uzatmani golga aylantirdi. Chap qanotdan Vertongen ajoyib pas berdi va havodan kelgan to'pni Son to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.

Birinchi bo'limda "Tottenxem":
4 ta zarba
0 ta aniq zarba

Birinchi bo'limda "Borussiya D":

4 ta zarba
4 ta aniq zarba

Hisob hali ham 0:0.


"Tottenxem" YCHL pley-off bosqichining uy uchrashuvida biror marta g'alaba qozona olmagan.

20. Dastlabki daqiqalardagi sarosima va qo'rquvdan halos bo'lgan dortmundliklar ancha hotirjam va to'p uchun kurashlarda ustun kelishmoqda

                                        YANGILASH

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia