YCHL. 5-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Alisher
29 noya 2019, 16:32
Yevropa chempionlar ligasi 5-turining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi.

Bu nomga "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski loyiq ko'rildi.

Unga oldinroq Keylor Navas, Lionel Messi va Romelu Lukakular raqobat qilishayotgan edi.

G'olib nomi UEFA rasmiy saytidagi so'rovnomadan so'ng aniq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" YCHL 5-tur doirasidagi "Crvena Zvezda"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga 4ta gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UEFAcom_ru