YCHL 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi: "Real" "Atletiko" bilan, "Liverpul" PSJ bilan o'ynaydi!

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025, 16:23
Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Ushbu haftada yana 8 ta pley-off ishtirokchisi aniqlandi. Ular yo'llanmani qo'lga kiritish uchun o'tish o'yinida ishtirok etdi. Endilikda 16 ta jamoa asosiy bosqich turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqqan holda, ikkita ehtimoliy raqibdan biri bilan o'ynaydi. 

Qur'ani doimgidek UEFA bosh kotibi o'rinbosari Jorjio Marketti olib bordi. 

Biz qur'a natijalari, shuningdek, finalgacha bo'lgan musobaqa to'rini bilib oldik. 

1/8 final juftliklari:

1) "Bryugge" – "Aston Villa"

2) "Borussiya D" –  "Lill"

3) "Real" – "Atletiko"

4) "Bavariya" – "Bayer"

5) PSV – "Arsenal"

6) "Feyenoord" – "Inter"

7) PSJ – "Liverpul"

8) "Benfika" – "Barselona"

Musobaqa to'ri

Ushbu bosqichining dastlabki o'yinlari 4-5 mart kunlari, javob o'yinlari esa 11-12 mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia