Dunyoning eng boy sportchilari reytingi tuzildi, kuchli o'nlikdan uch nafar futbolchi o'rin olgan

Оқил Абдубарноев
13 mar 2024, 00:33
Sportico portali barcha davrlarning eng boy 50 nafar sportchisi reytingini tuzdi.

Reytingda peshqadamlikni butun faoliyati davomida 3,75 milliard AQSH dollari jamg'argan afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan egalladi. Golf ustasi Tayger Vuds 2,66 milliard AQSH dollari bilan ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, futbolchi Krishtianu Ronaldu (1,92 milliard AQSH dollari) shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olgan. 

Kuchli o'nlikka futbolchilar ichida Lionel Messi (1,67 milliard AQSH dollari) va Devid Bekhem (1,5 milliard AQSH dollari) kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sportico