Ronaldu Trampga dastxati tushirilgan libosini hadya qildi

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2025
"Oltin to'p"ning 5 karra sohibi Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Trampga imzosi qo'yilgan futbolkani yubordi.

Esdalik sovg'asini Trampga Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta topshirdi.

"Prezident Tramp Krishtianu Ronalduning imzosi qo'yilgan futbolkani qabul qilib oldi", – deb yozdi AQSH prezidentining maxsus yordamchisi va aloqalar bo'yicha maslahatchisi Margo Martin.

Futbolchi dastxatdan tashqari, futbolkaga: "Tinchlik uchun harakat qilayotgan prezident Donald Jon Trampga" deb yozgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com