Doston Tursunov: "Yaponiya klubi bilan shartnoma tuzganimdan baxtiyorman"

Narzulla Saydullayev
17 dek 2018, 14:50
Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" klubi bilan shartnoma tuzgan Doston Tursunov championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Avvalo meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. "Renofa Yamaguchi" bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdim.

Bu erga kelishdan oldin Fozil aka Musaev bilan gaplashdim. Yaponiyada futbol saviyasi juda yuqori, bu yerda futbolchi sifatida yanada o'sasan deb maslahat berdilar. Klub infratuzilmasi bilan tanishib chiqdim, stadionni ko'rdim. Barchasi a'lo darajada.

Yaponiya Osiyo qitasining eng kuchli terma jamoasi va eng kuchli milliy chempionatiga ega mamlakat hisoblanadi. Ushbu klub bilan shartnoma tuzganimdan baxtiyorman. "Renofa Yamaguchi" 2018 yilgi mavsumda "J2 liga"da 8-o'rinni egalladi. Keyingi yil jamoam bilan birga "J liga"ga chiqish uchun kurashamiz.

Fursatdan foydalanib shu kunga qadar men bilan birga ishlagan barcha murabbiylarga rahmat aytaman. Hozircha bor e'tiborim BAAda o'tadigan Osiyo Kubogiga qaratilgan", - deydi Doston Tursunov.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston chempionatida 2015 yil debyut qilgan Tursunov hozirga qadar 66ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. Himoyachi "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Metallurg" klublarida to'p tepgan.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia