Dortmundning "Borussiya"si "Bavariya" himoyachisini qo'lga kiritish ilinjida

Sherzod Nurmatov
10 apr 2021, 22:40
Dortmundning "Borussiya" klubi "Bavariya" markaziy himoyachisi Jerom Boatengni nishonga olmoqda.

Nemis nashrining yozishicha, "asalarilar" o'z tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirishmoqchi, shu sababli ular iyun oyida erkin agentga aylanadigan 32 yoshli futbolchiga e'tibor qaratishdi.

Maosh masalasi muzokaralarda to'siq bo'lishi mumkin – "Borussiya" yulduz o'yinchining 12 million evroni tashkil qiluvchi yillik maoshini to'lashga qodir emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportbuzzer.de