"Bavariya" Boateng bilan qisqa muddatli bitim tuzishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2023
"Bavariya" Jerom Boateng bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, klubda yana futbolchi bilan qisqa muddatli bitim tuzish haqida fikrlar qayta jonlangan.

Myunxenliklarda himoyachilar bilan muammolar etarlicha. Germaniya Kubogi doirasida Matiys de Ligt ham jarohat oldi. Xabarlarga ko'ra, gollandiyalik to'rt-olti oyga safdan chiqqan. Shuningdek, uzoq vaqt jamoaga yordam bera olmagan Dayot Upamekano 4 noyabr kuni "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yinda safga qaytishi kutilmoqda.

Takidlanishicha, Boateng myunxenliklarning ikkinchi jamoasi bilan mashg'ulotlarda qatnashmoqda va ajoyib sport formasida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild.de