Donnarumma PSJ bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2021, 21:12
Ushbu bitim qachongacha amal qilishi ma'lum bo'ldi.

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning aytishicha, Jiji Parij klubi qarorgohiga yetib kelgan va yaqin orada ushbu transfer rasman e'lon qilinadi.

Biroq 22 yoshli posbon allaqachon klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolab bo'lgan.

Donnarumma o'tgan mavsum "Milan" safida 48 uchrashuv o'tkazib, o'z darvozasidan 54 ta to'p o'tkazib yuborgan.

U terma jamoasi bilan birgalikda Yevropa chempioni bo'ldi hamda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano