Diskvalifikaciyadan qaytgan Mbappe "Oltin butsa" uchun kurashda Messiga yanada yaqinlashdi

Eldor Akmurzayev
19 may 2019, 02:00
Fransiya chempioantining 37-turida PSJ o'z maydonida Dijon bilan to'nash keldi va yirik hisobda g'alabaga erishdi.

Mazkur bahsda uch o'yinlik diskvalifikaciyadan qaytgan parijliklar forvardi Kilian Mbappe o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Ushbu aniq zarbalardan keyin Mbappening Liga 1'dagi gollari soni 32taga etdi va Oltin butsa uchun Messi bilan kurashishda davom etadi. Eslatib o'tamiz, Barselona sardori hisobida 34ta gol mavjud. 

Qayd etish joizki, ikkala futbolchida ham bittadan zaxira o'yini qoldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia