Diego Kosta faoliyatini "Beshiktosh"da davom ettiradi

Alisher
18 iyun 2021, 10:23
Hujumchi Diego Kosta "Beshiktosh" tarkibiga qo'shiladi.

Klub va forvard o'rtasida kelishuvga erishilgan.

Oldinroq, o'yinchiga "Palmeyras", "Boka Xuniors", "San-Paulu", shuningdek Angliya va Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishi aytilgan edi.

32 yoshli ispaniyalik futbolchi yanvarda "Atletiko" bilan shartnomasini bekor qilgandi va haligacha erkin agent maqomida yuribdi. U Madrid klubida 2018 yildan beri o'ynagandi.

Kosta 2020/21 yilgi mavsum 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS