"Xorazm" yana uch nafar futbolchisi bilan yangi shartnomalar imzoladi

Khoja
29 dek 2026, 10:55
Yangi mavsum oldidan "Xorazm" jamoasi asosiy tarkibning asosiy o'zagini saqlab qolishda davom etmoqda.

 Xorazmliklar o'tgan mavsum jamoada harakat qilgan Abror Xo'sinov, Ravshanbek Sultonov va Diyor Ortiqboev bilan yangi kelishuvlarga erishishgan. Ushbu futbolchilar yangi mavsumda ham "Xorazm" jamoasida to'p suradi.

Ma'lumot uchun, Xo'sinov o'tgan mavsum 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 tadan gol va assist bor. Ravshanbek Sultonovning hisobida 4 ta uchrashuv bor. Shuningdek, Ortiqboevning hisobida 17 ta uchrashuv bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @Xorazm_PFC