

Xorazmliklar o'tgan mavsum jamoada harakat qilgan Abror Xo'sinov, Ravshanbek Sultonov va Diyor Ortiqboev bilan yangi kelishuvlarga erishishgan. Ushbu futbolchilar yangi mavsumda ham "Xorazm" jamoasida to'p suradi.
Ma'lumot uchun, Xo'sinov o'tgan mavsum 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 tadan gol va assist bor. Ravshanbek Sultonovning hisobida 4 ta uchrashuv bor. Shuningdek, Ortiqboevning hisobida 17 ta uchrashuv bor.



