Di Franchesko "Roma" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 may 2017, 18:14
"Sassuolo" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko "Roma"da Luchano Spalettining o'rnini egallashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 47 yoshli mutaxassis bilan kelishuvga erishilgan.

Di Francheskoning "Sassuolo" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida tugaydi, ammo u 3 mln. evro evaziga klubni tark etishi mumkin va Rim klubi bu bandni faollashtirishga tayyor.

Spaletti va "Roma" o'rtasidagi bitim joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia