Del Boskening fikricha Vilya terma jamoaga qayta oladi

Aziz Tukhtamuradov
24 mar 2015, 21:12
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske David Vilyaning "qizil Furiya" safiga qaytishi mumkinligini aytib o'tdi.
"David terma jamoa uchun ko'p ish qilgan. U terma jamoada 100-o'yinini ham o'tkaza olishi mumkin", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda AQSHda to'p tepayotgan futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida 97 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 59 marotaba ishg'ol etgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru