De Xea: "Chex - APLning eng zo'r darvozabonlaridan biri"

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019, 13:57
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea kasbdoshi Petr Chexning faoliyatini yakunlashi borasidagi qaroriga o'z fikrini bildirdi.

"Chexning libosini uyimda saqlab qo'yganman. Petr - APLning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Uni sog'inib qolamiz", - deb yozadi futbolchi o'zining tvitterida.

Oldinroq 36 yoshli Chex ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports