De Ligt "Bavariya" uchun tibbiy ko'rikning ilk bosqichidan o'tdi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022, 15:14
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt "Bavariya"ga o'tishga yaqin turibdi.

Kecha 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi Myunxen klubi uchun tibbiy ko'rikning ilk bosqichini o'tab bo'ldi. Bugun tekshiruvlarning barchasi yakunlanadi va futbolchi jamoaga qo'shilish uchun AQSHga uchib ketadi.

Oldinroq "Bavariya" futbolchi borasida "Yuventus" bilan kelishib olganini ma'lum bo'lgandi. "Bavariya" transfer uchun 70 million evro to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano