

"Bu endi imkonsiz, buning uchun juda qaridik. Fikrimcha, 2018 yili bizda buning uchun yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Ha, jamoamizda ajoyib nomlar bor, biroq ular ham qaridi. Bir necha asosiy futbolchilarimiz faoliyatini yakunladi. Yangi futbolchilar esa 2018 yildagi tarkibning o'rnini bosa olmayapti. Yaqin vaqtlar ichida bizga autsayder sifatida qarashadi", - dedi de Bryuyne.
2018 yilgi jahon chempionatida Belgiya termasi 3-o'rinni qo'lga kiritgandi.



