Dayo Upamekano kelajagi borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
30 apr 2020, 00:34
"RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Upamekano yozda "Bavariya"ga o'tmaydi va shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytiradi. 21 yoshli futbolchi hali katta jamoaga tayyor emasligini va u yerda o'zini noqulay his qilishini klub rahbariyatiga aytib o'tgan. Qayd etilishicha, futbolchi va rahbariyat o'rtasidagi muzokaralar yakuniga etgan.

Ushbu mavsumda Dayo Bundesliganing 21 o'yinida 1 golga assistentlik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports