Davron Fayziev: "Agar yuta olmaganimizda oliy ligadan tushib ketishimiz deyarli aniq bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
21 may 2014, 20:42
"So'g'diyona" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Shukurki 9-turga kelib ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik. Agar yuta olmaganimizda 20 foizga oliy ligani tark etishimiz aniq bo'lardi", - deb gap boshladi Davron Fayziev.

"Afsuski bugun maydon sifati ikkala jamoaga chiroyli futbol namoyish etishlariga imkon bermadi. Bugungi g'alaba yigitlarni ruhlantirgani aniq. Shu bois keyingi bahslarda biz bor kuchimiz bilan Jizzax xalqi uchun o'ynaymiz".

"Moliyaviy holatimizga kelsak, rahbarlar imkon qadar yordam berishmoqda. Ular ham jim turishgani yo'q. Lekin baribir ahvolimiz zo'r deya olmayman".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia