Dani Alves "San-Paulu"ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2021, 01:15
"San-Paulu" sardori Dani Alves klubi bilan shartnomasini bekor qilishga yaqin turibdi.

Xabarga ko'ra, 38 yoshli braziliyalik himoyachi shartnomada ko'rsatilgan maoshni olmaydi. Klub rahbariyati Alvesga moliyaviy shartlarga rozilik berishni taklif qildi, lekin u rad etdi. Shu tariqa xalqaro o'yinlardan so'ng Dani Alves endi "San-Paulu" sharafini himoya qilmaydi. Uning klub bilan shartnomasi kelasi yilning oxirigacha amal qiladi. Joriy mavsumda futbolchi 22 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, Alves "Sevilya", "Barselona", "Yuventus" va PSJ klublarida to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte