SSKA o'z uyida “Dinamo”ga yutqazib qo'ydi

9 apr 2018, 23:52
Rossiya Premer-ligasida 25-turning so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Mosvkaning SSKA klubi hamshahri “Dinamo”ni qabul qilib, kutilmaganda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu bilan “Dinamo”ning Rossiya chempionatidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 6ta o'yinga etdi. 

SSKA turnir jadvalida 44 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. “Dinamo” esa roppa-rosa 30 ochko bilan 10-o'ringa ko'tarilib oldi. Peshqadam “Lokomotiv” raqiblariga nisbatan bitta o'yin kam o'tkazgani holda 52 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. 

SSKA – Dinamo 1:2 (0:1, 1:1)                                   

9 aprel, 21.30. “VEB Arena”

Gollar: 0:1 – 11 Tashaev, 0:2 – 49 Tashaev, 1:2 – 60 Chalov.

SSKA – Akinfeev, Ignashevich, Berezuckiy, SHHennikov (Kuchaev, 78), Nababkin, Milanov, Natxo, Vernblum, Dzagoev, Musa (Chalov, 58), Vitino (Golovin, 57).

Dinamo – Shunin, Shunich, Rikov, Morozov, Callagov (Sosnin, 66), Sou, Raush (Temnikov, 73), Tashaev, Kozlov, Lucenko (Obolskiy, 72), Panchenko.

Ogohlantirishlar: Sou (39), Morozov (45), Vernblum (68), Dzagoev (80), Tashaev (83)

O'xshash yangiliklar