Chili termasi so'nggi daqiqada gol urib, Shvetsiyani mag'lub etdi

25 mar 2018, 00:43
Chili termasi Stokgolmdagi “Frends-Arena”da mezbonlar- Shvetsiya terma jamoasidan ustun keldi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Arturo Vidal hisobni ochgan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Bellashuvning 90-daqiqasida mehmonlar g'alaba to'pini kiritshdi. Darvozabondan qaytgan to'pni Marko Bolados mezbonlar darvozasiga aniq yo'lladi – 1:2.

Eslatib o'tamiz, Shvetsiya terma jamoasi Rossiya o'tadigan JCHda ishtirok etadi, Chili esa musobaqaga yo'llanma ololmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia