

Tahlilchilar Fabio Kannavaro qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasining guruhdan chiqish vazifasini uddalashini 5,45% ga teng deb bilmoqda. 1/8 final uchun 12.25%, 1/4 final uchun 3.78%, 1/2 final uchun 1.16%, final uchun 0.32% berilmoqda.
O'zbekistonning guruhdoshi Kongo DRning pley-offga chiqish imkoni 5.81% ga, finalga yetib borishi esa 0.32% ga baholangan.
Kolumbiya terma jamoasining guruhdan chiqishi 29.35% ga, finalga yetib borishi esa 4.99% ga ega bo'lgan.
Portugaliya termasining pley-offga yo'l olishi 59.38% ga, finalga chiqishi esa 13.24% ga ega.
Reyting yetakchisi Ispaniyaning finalga yetib borishi 24,77%, Fransiyaniki 20,31% va Angliyaniki esa 30,26% ga baholangan.



