Chex: "Yana Messini to'xtatmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2015, 13:30
Arsenal posboni Petr Chex Barselon hujumchisi Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Messi chexiyalik posbonga qarshi o'tgan 8ta o'yinning hech birida gol ura olmagan. Kanonirlar YCHL 1/8 finalida Kataloniya klubiga qarshi o'ynaydi.

Bu ajoyib. Men Messiga qarshi 8 marta o'ynaganman va umuman to'p o'tkazib yubormaganman. Uni yana to'xtatmoqchiman. Lekin Messi gol ursa va "Arsenal" keyingi bosqichga chiqsa xursand bo'laman. Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz bor, - deydi Chex Goal nashriga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com