

Inglizlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan JCH-2026 1/8 final uchrashuviga qadar, Meksika terma jamoasi ushbu arenada ketma-ket 10 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan edi, deb xabar beradi Opta.
1970 yilgi Jahon chempionatida meksikaliklar "Acteka"da SSSR bilan durang o'ynashgan (0:0), so'ngra guruh bosqichida Salvador (4:0) va Belgiya (1:0) terma jamoalarini mag'lub etishgan. Oradan 16 yil o'tib, 1986 yilgi mundialda mezbonlar Belgiyani taslim etishgan (2:1), Paragvay bilan durang o'ynashgan (1:1), Iroqdan ustun kelishgan (1:0), 1/8 final bosqichida esa Bolgariyaga mag'lubiyat alamini toptirishgan (2:0). Ushbu uydagi JCH-2026 da esa Meksika terma jamoasi guruh bosqichida JAR (2:0), Chexiya (3:0) va 1/16 finalda Ekvador (2:0) milliy terma jamoalarini ketma-ket mag'lub etib, mag'lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi.



