Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoa muxlislaridan stadionga kelmaslikni so'radi + FOTO

Tolibjon Qosimov
17 okt 2017, 20:33
"Beshiktosh" klubi matbuot xizmati muxlislardan Chempionlar ligasi 3-turi doirasida bugun bo'lib o'tadigan "Monako"ga qarshi safar o'yiniga bormaslikni so'radi.

Klub o'z muxlislariga turk, ingliz, francuz va nemis tillarida murojaat qildi va ulardan stadionga bormaslikni so'radi. Bundan maqsad, aynan ishqibozlarning hatti-arakatlari sabab UEFA tomonidan qo'llanishi mumkin bo'lgan sankciyadan qutulib qolish.

Eslatib o'tamiz, "Monako" turk muxlislariga qirollik hududiga kirishni taqiqlab qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, shu yil aprel oyida Yevropa ligasi chorak finali doirasida "Beshiktosh" Fransiyaning "Lion" klubi bilan to'qnash kelgan. O'shanda muxlislar o'rtasida ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Shu sabab, jamoalar jiddiy jarimaga tortilgan.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/BesiktasEnglish