

Ushbu bosqichda paslar aniqligi bo'yicha Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Belgiyalik futbolchining 96% uzatmalari o'z manziliga yetib borgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi va uchinchi o'rin Toni Kroos va Serxio Busketsga tegishli.




